Suhbat-shou janridagi "Polapon: rostini ayt" loyihasida tasvirga olish jarayonlari boshlandi. Unda kastingdan muvaffaqiyatli oʻtgan bolalar ishtirok etmoqda.
📌 Loyiha haqida:
Baʼzan bolalar kichik xatolarini yashiradi, baʼzan esa “rostini aytsam, nima boʻladi?” deb ikkilanib qoladi. Aslida esa haqiqatni aytish — haqiqiy jasoratdir! Loyihaning asosiy maqsadi ham shu: bolalarga xato qilishdan qoʻrqmaslik, har qanday vaziyatda rostgoʻy boʻlish muhimligini koʻrsatishdir.
Muallif: Munisa Magamet
🚀 Bolalarga xatolardan toʻgʻri xulosa chiqarish va oʻz vaqtida tan olish masʼuliyatini oʻrgatuvchi loyihani kuzatishda davom eting!















