Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Fayzulla Xoʻjayev” (“Tegirmon”) badiiy-publitsistik filmining katta namoyishi boʻlib oʻtdi.
📌 Film Oʻzbekistonning ilk rahbarlaridan biri Fayzulla Xoʻjayevning hayoti, siyosiy faoliyati va fojeali taqdiri haqida.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor — Zulfiqor Musoqov.
🇺🇿 Premyera Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi va Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan oʻtkazildi.
▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi Zulfiqor Musoqov boshchiligidagi ijodiy guruhni film premyerasi bilan samimiy tabriklab, yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi!















