Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, taniqli kinorejissyor va kinodramaturg Yusuf Roziqov boshchiligidagi ssenariy yozish laboratoriyasida navbatdagi dars boʻlib oʻtdi.
✅ Mashgʻulotda yosh ssenaristlar ustoz ijodkordan personaj yaratish, dialog sanʼati, konflikt turlari va ularni bolalar dramaturgiyasida aks ettirish mavzularida saboq oldi. Shuningdek, laboratoriya ishtirokchilarining ijodiy ishlari muhokama qilindi.
📌 Ayni kunlarda Yusuf Roziqov ijodiy safardaligi bois laboratoriya mashgʻulotlari onlayn formatda davom etmoqda.















