▪️ Markazning eng istiqbolli loyihalardan biri — “Ustoz Tiprabek” musiqiy-animatsion serialining ilk qismlari tayyor bo‘lish arafasida. Multserial qahramonlariga "BOLALAR OVOZI" dublyaj maktabi o‘quvchilari ovoz bermoqda!
Dublyajda bolalar qahramonlarini kattalar emas, aynan bolajonlarning o‘zlari ovozlashtirishi eng to‘g‘ri va ta’sirchan usul hisoblanadi. Afsuski, so‘nggi vaqtlarda an’anaviy bolalar ovozi maktabi sustlashib borayotgan edi. “Dublyaj maktabi” ushbu an'anani san'atga qaytarmoqda.
Ma’lumot uchun, Markaz buyurtmasi asosida suratga olinayotgan “Impuls” badiiy filmida bosh rollarni ijro etgan aktyorlar ham “Dublyaj maktabi”da saboq olib, o‘z qahramonlarini o‘zlari ovozlashtirishdi.















