🇺🇿🇺🇸 Vatan Global Alliance jamiyati raisi Ozod Soliyev, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov hamda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijrochi direktori Zafar Yo‘ldoshev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Milliy kontent — til, madaniyat va qadriyatlarni xorijdagi o‘zbek bolalarga yetkazishning eng samarali va zamonaviy usuli. Shu maqsadda AQShda o‘zbek film va multfilmlarini namoyish etish, bolalar va ota-onalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalari muhokama qilindi.
🇺🇿 Millat bayrog‘i haqidagi ilk badiiy film — “Bayroq ko‘targan qiz” loyihasi haqida ham fikr almashildi. Bolalarda milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va davlat ramzlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga qaratilgan ushbu filmning asosiy qismi AQShda suratga olinadi va bu jarayonda AQShdagi o'zbek diasporasi tashkilotlarining o‘rni alohida qayd etildi.
🤝 Muloqot yakunida dunyoning turli davlatlarida yashayotgan o‘zbek bolalarida milliy o‘zlik va ona tiliga bo‘lgan muhabbatni saqlab qolish, shuningdek, ularni umumiy qadriyatlar atrofida birlashtirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.












