— Markaz bolalar adabiyoti bo‘yicha tanlov o‘tkazamiz deganida, “loyihalar kelarmikin…” deb ikkilanish bilan qaragandim bunga.
— Markaz bolalar adabiyoti bo‘yicha tanlov o‘tkazamiz deganida, “loyihalar kelarmikin…” deb ikkilanish bilan qaragandim bunga.






Lekin qarangki, yozuvchilarimiz orasida bolalar uchun yozaman, farzandlarimiz uchun ijod qilaman, deganlari ko‘p ekan. 117 ijodkordan 600ga yaqin loyiha topshirilganini eshitib, ko‘zimga yosh keldi. Bu katta g‘alaba.
Loyihalarni saralashda ishchi guruh tarkibida ishladim. Zo‘r asarlar ko‘p, birining tili zo‘r, birining syujeti, boshqasining g‘oyasi.
Ertak romanlar tanlovida bitta loyiha g‘olib bo‘lishi kerak edi. 10ta asar g‘olib deb topildi. yana 100ta ertak, 100ta masal bor.
O‘zingiz bir o‘ylang, bu tanlov har yili davom etsa, bolalarimiz uchun qancha yangi asarlar tug‘iladi.
Bu biz uchun katta imkoniyat.
Orif To‘xtash,
Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Bolalar adabiyoti kengashi raisi, bolalar shoiri