Kengash yig‘ilishida “Uzbekistan Creative Association” uyushmasi tomonidan "Alla" platformasiga joylash uchun taqdim etilgan 20 ta mobil o‘yin loyihasi ko‘rib chiqildi.
Uyushma raisi Abduvali Xaydarovning mobil o‘yinlar bo‘yicha taqdimoti Kengash a’zolari o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Taqdim etilgan 3+ yosh toifasidagi o‘yinlar bolalarning mantiqiy fikrlashi va so‘z boyligini oshirishga, intellektual rivojlanishiga xizmat qilishi lozim. Loyihalarning xavfsizligi va foydaliligini ta’minlash maqsadida, ularni bolalar psixologlari bilan сhuqur tahlil qilish tavsiya etildi.



