“Bolalar uchun yozamiz: ertak-romanlar” ijodiy tanlovida “Alp Arslon” nomli ertak-roman loyihasi bilan g‘olib bo‘lgan ijodkor Najmiddin Ermatov:
— Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ochilganidan keyin turli yo’nalishlarda loyihalar boshladi. Markazning adabiyotga yo‘naltirilgan loyihasini eshitib ko‘p ijodkorlar qatori men ham xursand bo‘ldim va qatnashdim.
Katta adabiyot yaratilishi uchun, umuman barcha ijobiy ma'noda o‘ylanayotgan, kutilayotgan natijalarga erishishimiz uchun o‘qimishli bolalar kerak. O’qimishli bolalarga esa ular o‘qiydigan adabiyot kerak.
Rejalarimiz katta! Millat kutayotgan ertak-roman yaratish ishtiyoqi o‘zimizda ham kuchli. Umid qilamanki, millat yuklagan mas’uliyatni oqlaymiz.





