“Jonim bolam” loyihasi jamiyatda katta qiziqish uyg’otdi. Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikr-mulohazalar, munozaralar va faol izohlar loyiha ko’targan mavzu naqadar dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Ayni paytda loyihaning bolalar ruhiy-emotsional holati, manfaatlari va huquqlariga ta’siri yuzasidan jamoatchilik fikri hamda vakolatli tashkilotlarning xulosa va tavsiyalari olinmoqda.
▪️ Markaz bolalar manfaatlari ustuvorligi tamoyiliga qat’iy amal qiladi. Loyiha bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning xulosalari asosida, bolalar manfaatiga to’liq mos shaklda davom ettiriladi.
