— Aslida, har qanday badiiy film — u animatsion bo‘ladimi, kino bo‘ladimi — o‘z ildizini mustahkam badiiy asardan olishi shart. Bu — muvaffaqiyatning eng asosiy mezoni. Bunga misollar ko‘p: “Shum bola”, “O‘tkan kunlar”.
O‘z ijodimda ham bu haqiqatni anglaganman. “Ilhaq” filmi ssenariysiga Alinazar Egamnazarovning “Besh jangchining onasi” asari asos bo‘lgan.
Ayniqsa, bolalar uchun kontent yaratishda bu tamoyil yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda bir aniq va inkor qilib bo‘lmas haqiqatni aytaman:
“Bolalar adabiyotini qo‘llab-quvvatlamasdan, uni rag‘batlantirmasdan turib, bolalar kontentini rivojlantirib bo‘lmaydi.”
Bolalar adabiyoti yo‘nalishidagi tanlov g‘oliblaridan biri aytgan edi:
“Bu — millat buyurtmasi.”
Men bu fikrga to‘liq qo‘shilaman.
Bolalar uchun yozish — bu oddiy ijod emas.
Bu — Millat buyurtmasi!
Jahongir Ahmedov,
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori









